Приветствую Вас, Гость
Главная » 2013 » Июнь » 10

Просмотров: 363 | Добавил: Akbar_Shoh | Дата: 10.06.2013 | Комментарии (1)

Farzand befarqligi.

Darddan chiqmasa boshim,
Do'st bo'lmasa sirdoshim.
Chidolmasdan bardoshim.
Onajonim eslayman,
Mehribonim izlayman.

Yurgan yo'lim gul bo'lsa,
Cho'ntak to'la pul bo'lsa.
Omadim kulib tursa.
Faqat yorim eslayman,
Ko'z humorim izlayman.

Qalbim jarohatlansa,
Yo'lim talofatlansa,
Qadrim malomatlansa,
Onajonim eslayman,
Mehribonim izlayman.

Davlat barokatlansa,
Mansab kafolatlansa.
Qurbim qanoatlansa.
Faqat yorim eslayman,
Ko'z humorim izlayman.

Dunyo nohaqligimas,
Farzand befarqligi bu.
E'tibor kamligimas,
Aqlning kamligi bu.

Aqlni ko'paytirib,
Men boshqacha yashayman.
Qo'limdan kelganicha,
Bor yaqinim eslayman.

Sizga ham ey, qadrdon.
Maslahatim shu erur.
Yaqinlarni qadrlang.
Aslida baxt bu erur.

                 ... Читать дальше »
Просмотров: 357 | Добавил: Akbar_Shoh | Дата: 10.06.2013 | Комментарии (2)

Kirma tushlarimga qiynama meni.
Tinchgina yashayin unutib seni.
Bir vaqtlar xohlardim har kun ko'rishni.
Sen bezasang derdim har tungi tushni.

Endi tushlarimga kirma qiynama.
His tuyg'u, hayotim bilan o'ynama.
Ko'zing unutolmay dilim vayrona.
Seni eslab yana bo'ldim devona.

Hayotim, alamim, dardimsan sevgim.
Xohlamading yonda bo'lishni tenggim.
Seni unutishga qasam ichirding.
Aytchi endi nechun tushimga kirding.

Ko'zlaring ko'zimga muhrlangan, bas.
Senga xo'p desamda unutgim kelmas.
Yonimga qaytarsan bordir umidim.
Mayli tushimga kir, ruxsatin berdim.

                                               Akbar Shoh.
Просмотров: 462 | Добавил: Akbar_Shoh | Дата: 10.06.2013 | Комментарии (2)

Hayronman, xafaman o'zimdan o'zim.
Sevgidan boshqa gap yo'qmi yozishga.
Sevgi deb qayg'uga ko'mildi ko'zim.
Zavqi yo'q ming la'nat bunday tashvishga.

Ota-ona, Vatan, mehr oqibat.
Axir mavzu ko'pku she'r yozish uchun.
Sevgida to'xtayman oxir oqibat.
Muhabbat deb yongan yurakda uchqun.

Mayli yozay sevgim, sevgilim haqqi.
Qalbimda pokiza sevgi tug'yoni.
Buyuklardan qolgan qalamim haqqi.
Sevgi she'rlariga ko'may dunyoni.

                                                    Akbar Shoh.
Просмотров: 384 | Добавил: Akbar_Shoh | Дата: 10.06.2013 | Комментарии (0)