Главная » 2013 Июнь 10 » Farzand befarqligi.
11:35 Farzand befarqligi. |
Farzand befarqligi. Darddan chiqmasa boshim, Do'st bo'lmasa sirdoshim. Chidolmasdan bardoshim. Onajonim eslayman, Mehribonim izlayman. Yurgan yo'lim gul bo'lsa, Cho'ntak to'la pul bo'lsa. Omadim kulib tursa. Faqat yorim eslayman, Ko'z humorim izlayman. Qalbim jarohatlansa, Yo'lim talofatlansa, Qadrim malomatlansa, Onajonim eslayman, Mehribonim izlayman. Davlat barokatlansa, Mansab kafolatlansa. Qurbim qanoatlansa. Faqat yorim eslayman, Ko'z humorim izlayman. Dunyo nohaqligimas, Farzand befarqligi bu. E'tibor kamligimas, Aqlning kamligi bu. Aqlni ko'paytirib, Men boshqacha yashayman. Qo'limdan kelganicha, Bor yaqinim eslayman. Sizga ham ey, qadrdon. Maslahatim shu erur. Yaqinlarni qadrlang. Aslida baxt bu erur. Akbar Shoh. |
|
Всего комментариев: 2 | |||
| |||