Главная » 2013 Июнь 10 » Yozishga mavzu.
11:30 Yozishga mavzu. |
Hayronman, xafaman o'zimdan o'zim. Sevgidan boshqa gap yo'qmi yozishga. Sevgi deb qayg'uga ko'mildi ko'zim. Zavqi yo'q ming la'nat bunday tashvishga. Ota-ona, Vatan, mehr oqibat. Axir mavzu ko'pku she'r yozish uchun. Sevgida to'xtayman oxir oqibat. Muhabbat deb yongan yurakda uchqun. Mayli yozay sevgim, sevgilim haqqi. Qalbimda pokiza sevgi tug'yoni. Buyuklardan qolgan qalamim haqqi. Sevgi she'rlariga ko'may dunyoni. Akbar Shoh. |
|
Всего комментариев: 0 | |