Главная » 2013 Июнь 13 » Ta`na qilmang.
23:15 Ta`na qilmang. |
Atrofim o'ragan do'stmi, g'animmi? Ta'nalar yemirgan jonu tanimni. Dardlar bir meniki, faqat manimmi? Yoshgina boshimga kuyiblar ketdim. Do'stim ta'na qilmang, to'yiblar ketdim. Bir yaxshilik orti bir dunyo minnat. Barini narxi bor, qo'yilgan qiymat. Bugun ta'na aybmas odatiy holat. Minnatni odatga yo'yiblar ketdim. Do'stim ta'na qilmang, to'yiblar ketdim. Insonlar savobdan manfaat kutar. Qo'llarin hisoblab yordamga tutar. Nafsi zo'r, iymonin chaynamay yutar. Dil yoshim daryoga quyiblar ketdim. Do'stim ta'na qilmang, to'yiblar ketdim. Do'st minnat qilmasin dushman o'ldirsin. Mayliga ming olov jonim kuydirsin. Beminnat qattiq non qornim to'ydirsin. Sabrim devorlarin o'yiblar ketdi. Do'stim ta'na qilmang, to'yiblar ketdim. Akbar Shoh. |
|
Всего комментариев: 0 | |