Приветствую Вас, Гость
Главная » 2013 » Июнь » 13 » “Siz”ga
23:17
“Siz”ga
Ishq ne ekanligin angladim sizdan.
Yurakda olovlar yoqdi ko'zingiz.
Endi kecholmayman sizdayin qizdan.
Sevib, sevdirdingiz meni o'zingiz.

O'tli nigohingiz qalbimning qo'ri,
Bu qaddu qomatga baxshida borim.
Yo'limdan chiqsa ham zo'rlarning zo'ri.
Sevavergum sizni to tanda jonim.

Shirin so'zlaringiz dardimni olar.
Farishta misoli pariyim mening.
Holim so'rasangiz g'amlar yo'qolar.
Hech yo'qsa oyda bir yonimga keling.

Sevdim sizni, borim sizniki biling.
Sizni sevaman men toki jonim bor.
Lek bitta talabim quloqqa iling.
Meni unutishni o'ylamang ZINXOR.

                                    Akbar Shoh.
Просмотров: 420 | Добавил: Akbar_Shoh | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 3
3 Akbar_Shoh  
0
Bir xillik bor.. Togri. .

2 abdulla_sher  
0
Sevdim sizni, borim sizniki biling. Sizni sevaman men toki jonim bor. Misralarda birxillik ko'p

1 Zinnura_K  
0
smile ajoyib..

Имя *:
Email *:
Код *: