Приветствую Вас, Гость
Главная » 2013 » Июнь » 15 » Simyog`ochda yonadi chiroq.
12:12
Simyog`ochda yonadi chiroq.
Simyog`ochda yonadi chiroq.
Tunga ziyo bo`laman deydi.
Xech qo`lidan kelmaydi biroq,
Tun ziyoni ko`maman deydi.

Simyog`ochda yonadi chiroq.
Lek qalbimni yoritolmaydi.
Tun zulmati, yurakda firoq,
Tong otsa ahm aritolmaydi.

Simyog`ochda yonadi chiroq.
Yor uhlaydi, bexabar sokin.
Bugun qalbi qalbimdan yiroq,
Lekin hanuz jonimga hokim.

Simyog`ochda yonadi chiroq.
Bir chaqnadi, charsillab o`chdi.
Dard yomonda, yomonda firoq.
Qalbim holi ko`chamga ko`chdi.

Simyog`ochda yonardi chiroq.
Tunga ziyo bo`laman derdi.
Xech qo`lidan kelmasdi biroq,
Tun ziyoni ko`maman derdi.

                         Akbar Shoh.

 
Нравится
Просмотров: 526 | Добавил: Akbar_Shoh | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 2
2 Akbar_Shoh  
0
RAHMAT

1 Zinnura_K  
0
Simyog`ochda yonadi chiroq.
Yor uhlaydi, bexabar sokin.
Bugun qalbi qalbimdan yiroq,
Lekin hanuz jonimga hokim.

hands sizni ijodizga qoil qolmasdan ilojsizman.. Ilohim ko'z tegmasin

Имя *:
Email *:
Код *: