Приветствую Вас, Гость
Главная » 2013 » Июнь » 13 » Mehr bo`lsa bas.
23:12
Mehr bo`lsa bas.
Dunyo bevafomas, inson bevafo,
Sevgi bevafomas,
dildor bevafo.
Ishonib sevasan dunyoga sig'may.
Sevganing yetkizar ko'p jabru jafo.

Dil ishi aqlga bo'ysinmaslikdir.
Yolg'iz qonun ishqda bo'linmaslikdir.
Muhabbat hisobu kitob bilmaydi.
Sevgida yomoni sevilmaslikdir.

Shu eng yomoniga uchragan menman.
Qalbidan ishq o'ti sachragan menman.
Dunyolardan kechib yonib sevsamda.
Yorini bir bora quchmagan menman.

Ishq deb, yorim uchun yashadim yonib.
Shon-shuhrat, xattoki do'stlardan tonib.
Ortidan soyadek yursamda tinmay.
Bo'sa ololmadim lablardan qonib.

Qalbim bo'sa yoki quchoq istamas.
Sevgim pok, ortiqcha xirsni qumsamas.
Mayli quchog'imda to'lmasin gulim.
Ko'nglimga ozgina mehr bo'lsa bas!!!

                                               Akbar Shoh.
Просмотров: 460 | Добавил: Akbar_Shoh | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 1
1 abdulla_sher  
0
Dil iwi aqlga bo'ysunmaslikdir! yoki Muxabbat hisobi kitob bilmaydi! Ajoyib menga yoqdi

Имя *:
Email *:
Код *: