Приветствую Вас, Гость
Главная » 2013 » Июнь » 13 » Jannatim onam.
23:20
Jannatim onam.
Yo`lda qolgan izi ko`zlarim nuri,
Suyib erkalashi qalbimning qo`ri.
Mehri bilan yorug` ko`nglimning to`ri.
Mehribonim onam, jannatim onam.
Dunyoda yagonam, davlatim onam.

Hayot degan shirin ne’matni bergan.
Ming asrab avaylab tarbiya qilgan.
Baxtimdan quvongan, dardimni bilgan.
Mehribonim onam, jannatim onam.
Dunyoda yagonam, davlatim onam.

Qadrimni bilganim qadrdonginam,
Mehriga to`ydirgan mehribonginam,
Jami dardlarimga bir darmonginam,
Mehribonim onam, jannatim onam.
Dunyoda yagonam, davlatim onam.

Halol tarbiyangiz yo`limda sarbon,
Siz borsiz baxtim but, qo`limda imkon,
Duoingiz dilga quvvatdir har on.
Mehribonim onam, jannatim onam.
Dunyoda yagonam, davlatim onam.

Orzuingiz ayting ijobat qilay.
Sog`ligingiz tilab ibodat qilay.
Umringizni rohat-farog`at qilay.
Mehribonim onam, jannatim onam.
Dunyoda yagonam, davlatim onam.

                             Akbar Shoh.
Просмотров: 979 | Добавил: Akbar_Shoh | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: