Главная » 2013 Июнь 13 » “Ishq”
23:21 “Ishq” |
Bir ko`rdimu bir qizni, Sevib qoldim o`shal dam. Qizil qopladi yuzni, Uchib ketdi es-xush ham. Bir ko`rishda muhabbat, Yuragimni yondirdi. O`shal husnu-latofat, Aqlimdan ham tondirdi. Yoniga borib sekin, So`z boshladim ishqimdan. Sevganim hayron lekin, Yuz burmadi ishimdan. Buni qarangki uning ham. Menda ko`ngli bor ekan. Bir ko`rishda sevganim, Vafoli dildor ekan. Ehtirosim yashirmay, Dardimni to`kib soldim. Sevikligim yorimning, Dildan qayg`usin oldim. Mehrga to`lib suzdik, Sevgining ummonida. Quvonchimiz porladi, Muhabbat osmonida. Visol hamrohimizu, Xijronlar bizdan yiroq. Kunu-tun sevishardik, Ajralmadik hech biroq. Go`zal farishtaginam, Chiqmas aqlu-xushimdan. Lablar labga yetganda, Uyg`onib ketdim tushimdan. O'shal sevikligimni, Qidirmoqdaman hamon. Ey, Hudo o'zing yetkaz. Umrim bo'lmasdan tamom. Akbar Shoh. |
|
Всего комментариев: 3 | ||||
| ||||