Приветствую Вас, Гость
Главная » 2013 » Июнь » 6 » Iltimos, SEVGIni SOG'INCHdan ajrat!
23:24
Iltimos, SEVGIni SOG'INCHdan ajrat!
=Sendagi sevgimi, sog'inchmi?=
Sevgim, bugun sendan berishdi xabar.
Sog'inib yig'labsan yurakdan, dildan.
Oxir, ishq qalbingda quchdimi zafar?.
Sezdingmi sevgini mendek ko'ngildan?.

Ismim aytib labing bosibdi titroq.
G'ururingdan ilk bor etibsan nafrat.
Debsanki: "hayolim bosibdi mudroq".
Vujuding yengibdi alamli hasrat.

Suratim izlabsan nigohim qumsab,
Yig'labsan artolmay ko'zdagi yoshing.
Yolg'iz suratimni yoqqaning eslab,
Xatto devorlarga uribsan boshing.

Bir vaqtlar ketganding jonimga qasdlab,
Endi qaytmoqlikka izlabsan chora.
Yer qilganding oshiq qadrimni pastlab,
Hali ham eslasam qalbim ming pora.

Pushaymon emushsan eshitdim shunday.
Istabsan astoydil aybingni yuvmoq.
Mana yil-ki kunim o'tmaydi kunday.
Qo'lingdan kelarmi dardlarim quvmoq?.

Holating yaxshiga, yomonga burdim.
O'yladim o'zimcha, tahlillar qildim.
Sevibmanki ishqdan ko'p azob ko'rdim.
Ishqning ne ekanin ishqimdan bildim.

Sen chekkan azoblar zohiriy balki,
Botiniy dardimning azobi so'zsiz.
Eh, bu muhabbati qandayin g'am-ki?
Sevgancha tug'ulsam bo'lardi ko'zsiz.

Mana sog'inibsan anglabsan endi.
O'ylabsan yonimda bo'lish haqida.
Shu vaqt hayolimga bir savol keldi.
O'yladingmi birga o'lish haqida?.

O'zingni qiynama, charchatma meni.
Sevmasdingku qanday o'zgardi fikring?.
Makringga boshqatdan o'ynatma meni!.
Ishonmam men demas yuraging, zikring!

Men esa sevganman sevaman hamon.
Xijrondan firoqqa o'rgandi yurak.
Ishqdan dardmand bo'lay toki tanda jon.
Bedard yashamoqlik kimga ham kerak.

Sevgim sog'inibsan berishdi xabar.
Qalbingga har yondan savollar tarqat.
Istasang baxt sari men bilan safar.
Iltimos, SEVGIni SOG'INCHdan ajrat!
. . .
Sevgim, bugun sendan berishdi xabar.
Sog'inib yig'labsan yurakdan, dildan.
Oxir, ishq qalbingda quchdimi zafar?.
Sezdingmi sevgini mendek ko'ngildan?.

Akbar Shoh.
Просмотров: 385 | Добавил: Akbar_Shoh | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 6
6 Akbar_Shoh  
0
tashakkurlarrr

5 Diana  
1
She'r juda ajoyib, qarsaklarga arziysiz hands Ijodlariga omadlar!

3 RaVsHaNBeK  
1
Men esa sevganman sevaman hamon.
Xijrondan firoqqa o'rgandi yurak.
Ishqdan dardmand bo'lay toki tanda jon.
Bedard yashamoqlik kimga ham kerak.

vax vaxx ))) judaa tomiriga tushasdee))

4 Akbar_Shoh  
0
Rahmatttte

2 Akbar_Shoh  
0
Yarim tunda telefon bolib, jiiim turishlardan. smile

1 Zinnura_K  
1
Shu she'rni nmadan tasirlanib yozdiz???

Qoil qolaman ijodizga.. Doimgidek arginallik

Имя *:
Email *:
Код *: