Приветствую Вас, Гость
Главная » 2013 » Июнь » 6 » AZOBIM ASRAYMAN, YASHAYMAN KO`NIB.
22:58
AZOBIM ASRAYMAN, YASHAYMAN KO`NIB.
AZOBIM ASRAYMAN, YASHAYMAN KO`NIB.

Tong otdi, mazmunli kundan umid bor.
Shamol ochgan parda, mo`ralar quyosh.
G`amli dil visoldan mudom umidvor.
O`ylayman yostiqdan uzgim kelmay bosh.

O`ylayman, rejalar tuzaman kunlik,
Bir maqsad birinchi bo`laveradi.
Istayman visoling, mayli bir zumlik.
Ko`rmasam dilga dard to`laveradi.

Shu bugun uyqudan ertaroq turib,
Ko`zgu qarshisida saralay kiyim.
Yuragim talpingan tomonga yurib,
Sevgi sahnasida o`ynayin o`yin.

Eskirdi yo`lingga atirgul sochish.
Taqdim etgim kelar yangicha sovg`a.
Dadang quvlaganda maroqli qochish.
Xech qanday xatardan qo`rqmayman, tavba!

Bugun yo`llaringda bo`lishar paydo,
Ishqimning ta`rifi she`riy dil xatlar.
Bari betakror-u, ammo bir ma`no.
To`ldi ikki yuz o`n varoqli daftar.

Qadam qo`ysang, maktub oyog`ing quchar,
Uzoqdan boqaman qo`zg`alar rashkim.
Samoda o`n bir oq kabutar uchar,
Soching shamolidan qo`zg`alar ishqim.

Sokin qadam tashlab kelasan asta,
Men bilan tugaydi xat to`la yo`ling.
So`nggi maktub qo`ngan go`zal guldasta,
Gulgamas maktubga uzanar qo`ling.

Maktubimni o`qib titrar dudog`ing.
Ishqdan yo uyatdan qizarar yuzing.
Tishlab qo`ygim kelar shunda qulog`ing,
Ko`zimga xech tikka boqmaydi ko`zing.

Ishqiy hayajondan chidolmay tanam,
Qarshingda tizzalar tegadi yerga.
Bir zumga urishdan to`xtaydi jon ham,
Go`zal guldastani tutaman senga.

So`ngra yo`lda birga etamiz davom.
Chin oshiqlar bizga qilishar havas.
Dilda qoldirmaymiz xech qanday armon.
Oshiq yurak bilan olamiz nafas.

***

Yo`q hammasi chalkash, hammasi xato!
Ketgansan-ku mendan, kechgansan axir.
Bu hayol hayotga ko`chmaydi aslo.
Dildagi shirin his alamli taxir.

Mana kun boshlandi, kayfiyat xarob.
Har tong bir eslayman yurakni qiynab.
Endi ishqim sahro, sen olis sarob.
Oxir uloqtirding qalbim ming o`ynab.

Sen sevgi axtarib yuraver daydib,
U bog`dan, bu bog`ga tez uchib, qo`nib.
Men she`rlar yozaman dardlarim aytib,
AZOBIM ASRAYMAN, YASHAYMAN KO`NIB.

                                                     AKBAR SHOH. 
Просмотров: 458 | Добавил: Akbar_Shoh | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 4
4 Akbar_Shoh  
0

3 Diana  
0
Zo'r desam kamlik qiladi, shunaqa mazza qilib o'qiyman bu she'rlarizni.

2 Akbar_Shoh  
0
Опа асли сизга рахмат. Хозирги кунда Олисдаги якинлардан хабар олиш учун 8 та харф териб хат e"зишга эринадиганлар купайиб кетди. Сиз эса эринмай изох колдирибсиз!
Эътибор учун ташаккур!

1 Saodat Qobilova  
0
Рахмат укажон, доимо мухлисларингизни шуднай ажойиб шеърлар билан хурсанд килиб юринг КЛАСС

Имя *:
Email *:
Код *: