21:59 Yor-yorlarni yomon ko`raman. |
Yor-yorlarni yomon ko`raman. Mayli mening fikrim noto'g'ri, Mayli ayting yomon bolaman. Kimga baxt-u, kimga baxt o'g'ri. Yor-yorlarni yomon ko'raman.
Dilni tig'day nimtalab chertgan. Dardli kuyi samoga yetgan. Oshiqlarni ajratib ketgan. Yor-yorlarni yomon ko'raman.
Kimlar o'ynar, kimga bu azob. Kimdur quvnoq, kim xasta, xarob. Chin sevgiga abadiy sarob. Yor-yorlarni yomon ko'raman.
Kuymas, ishqning so'nggi savoli. Oshiq qalblar zulmi, uvoli. Muhabbatning qabri, zavoli. Yor-yorlarni yomon ko'raman.
Yor deb, yorni yig'latib ketar. Yor deb, bag'rim tig'latib ketar. Yor deb, o'zga visolga yetar. Yor-yorlarni yomon ko'raman.
Cheksiz azob taqdirning zarbi. Dilda ishqning alamli gardi. Bugun sezdim bu kuyning dardi. Yor-yorlarni yomon ko'raman.
Kuylang to'lib, soylardek toshib. Kuylang mening dardlarim qo'shib. Aza kunim aytilgan qo'shiq. Yor-yorlarni yomon ko'raman.
Yorim aldadimi yoki aldashdi?. Balki sevganimni atay tanlashdi. Meni ishq shaxridan quvib haydashdi. Yor-yorlarni yomon ko'raman.
Yor-yor demang, yor desam men jonim chiqar. Alam, xijron rashk ko'ksimga xanjar tiqar. Ming siqilgan yuragimni battar siqar. Yor-yorlarni yomon ko'raman.
Yashamoqdan yurakkinam to'yib ketgan. Sevganimni jon jonimdan yulib ketgan. Qancha oshiq chidolmasdan o'lib ketgan. Yor-yorlarni yomon ko'raman.
Haqiqat gap, gapning to'g'risi. Bu azobdan oxir o'laman. Faqat baxtmas, hayot o'g'risi. Yor-yorlarni yomon ko'raman. |
|
Всего комментариев: 2 | ||
| ||