Приветствую Вас, Гость
Главная » 2014 » Декабрь » 23 » Yolg'onlarga...
16:23
Yolg'onlarga...
Hayot meni obdon sinashda,
To'lmasimdan to'kilayapman.
Noqis ko'ngil xasta, shikasta,
Yolg'onlarga ko'milayapman.

Atrofimni o'raganlarim,
Ko'rganlarim, ko'rmaganlarim,
Sohta xolim so'raganlarim,
Yolg'onlarga ko'milayapman.

Goh yashinib ulfatlarimdan,
O'pkalab yo'q omadlarimdan,
Kecholmasdan odatlarimdan,
Yolg'onlarga ko'milayapman.

Izlab, topmay hayotdan ma`no,
Berkinvolib burchakka tanho,
Yasab turib o'zimdan daho,
Yolg'onlarga ko'milayapman.

Imkon qadar uzoqqa chopib,
Haqiqatdan yugurib qochib,
Sirlarimni noo'rin ochib,
Yolg'onlarga ko'milayapman.

Ma`no izlab bema`nolardan,
Xato izlab ''bexato''lardan,
Vafo izlab bevafolardan,
Yolg'onlarga ko'milayapman.

Janonlarni aldab, aldanib,
Havolanib zarga zarlanib,
Oxir faqat ko'ngil talanib,
Yolg'onlarga ko'milayapman.

Baxt izlasam baxtsizligimdan,
Ahd izlasam ''ahdsizligim''dan,
Kelmaydilar shahdsizligimdan,
Yolg'onlarga ko'milaversam!

Hayot meni obdon sinashda,
To'lmasimdan to'kilayapman.
Noqis ko'ngil xasta, shikasta,
Yolg'onlarga ko'milayapman.

03.06.2014y Dilmurod Akbarov
Просмотров: 425 | Добавил: Akbar_Shoh | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: