Главная » 2013 Май 17 » Yo`qlagan «do`stim»
22:04 Yo`qlagan «do`stim» |
Yo`qlagan «do`stim» Doim yonimdasiz baxtim kulganda. Omadim men bilan birga yurganda. Davlatimu pulim to'kis bo'lganda. Rolin qoyillatib o'ynagan do'stim. Ishi tushganida yo'qlagan do'stim.
Ishingiz tushganda kulib keldingiz. Quvonchu mehrga to'lib keldingiz. Ishingiz hal etib surib ketdingiz. Rolin qoyillatib o'ynagan do'stim. Ishi tushganida yo'qlagan do'stim.
Kerakligingizda topolmay qoldim. Asli kimligingiz bilolmay qoldim. Salomimga alik ololmay qoldim. Rolin qoyillatib o'ynagan do'stim. Ishi tushganida yo'qlagan do'stim.
Hali yo'qlab yana kelarsiz bir kun. Oldimda ming rolga kirarsiz bir kun. Sizday munofiqni esladim bugun. Rolin qoyillatib o'ynagan do'stim. Ishi tushganida yo'qlagan do'stim. Akbar Shoh.
|
|
Всего комментариев: 0 | |