Приветствую Вас, Гость
Главная » 2014 » Декабрь » 23 » Yaxshilik
16:26
Yaxshilik
Hokim bo'lsang xatlab bermagan,
Sulton bo'lsang saqlab bermagan,
Faqirlikni taxlab bermagan,
Omonatdir besh kunlik dunyo.

Imoratlar kun kelar tuproq,
Daryo qurib qum kelar tuproq,
Tog'lar cho'kib to'kilar tuproq,
Omonatdir besh kunlik dunyo.

Bozorida savdo muvaqqat,
Ozorida g'avg'o muvaqqat,
Bozorida savdo muvaqqat,
Omonatdir besh kunlik dunyo.

G'ariblaru, baland zotliklar,
Piyodalar, saman otliklar,
Yaxshilar bor, yomon otliqlar,
Omonatdir besh kunlik dunyo.

Kim betinim davlat to'plagan?
Nafs jomidan qonib ho'plagan.
Iskandarlar olib o'tmagan,
Omonatdir besh kunlik dunyo.

Gar qo'lingda zarracha imkon,
Sahovat bo'l, bo'l dardga darmon.
Inson bilan tirikdir inson,
Omonatdir besh kunlik dunyo.

Dunyoning yog'dusi yaxshilik,
Umr kuyin cholg'usi yaxshilik.
Abadiy qolg'usi yaxshilik,
Omonatdir besh kunlik dunyo.

Dilmurod Akbarov
Просмотров: 412 | Добавил: Akbar_Shoh | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: