Главная » 2014 Декабрь 23 » Xayoliy suhbat
14:00 Xayoliy suhbat |
Tashqarida yog'moqda yomg'ir, Qahratonning boshlandi qahri. Tun. Uyqu yo'q. Yuragim og'rir. [ Anglashilmas, bahoriy bahri. Xayolimga kelasan selday, Jilovingni ololmam qo'lga. Kuni bo'yi qiynading kelmay, Men qorovul bo'lgan bir yo'lga. Majnun kabi telbaman, tashna, Faqat seni o'ylayveraman. Yolvoraman bir nigoh tashla, Telbalarcha so'zlayveraman. Davom etar xayoliy suhbat, Vasling ketmas qarog'larimdan. So'zlashaman tinmayin, lazzat, Zulfing o'ynab barmog'larimda. Pichirlaysan oxista sokin, Dilbar ovoz biram ajibdir. Yolg'iz o'zing qalbimga hokim, Har istaging amri vojibdir. “She'r yoz!” deysan, takror va takror, “Muhabbatni madh et azizim. Izhoring ayt, she'rda bo'l iqror, Muhabbatga bosh eg, qil ta'zim.” Farishtasan, malaksan, malak, Takror menga etarsan isbot. Parvozlaring misli kapalak, Guldan nafis, nurdandir qanot?. Meni qiynar yana ishq o'yi, O'z-o'zimga yetmaydi kuchim. She'r yozaman bedor, tun bo'yi, Senga o'qib bermog'im uchun! Dilbar ovoz biram ajibdur, Har istaging amri vojibdur. Dilmurod Akbarov. 27.10.2014 07:37 |
|
Всего комментариев: 0 | |