Приветствую Вас, Гость
Главная » 2013 » Август » 21 » Vaqtida.
21:00
Vaqtida.
Mana yashayapman yo'qdir keraging.
Ko'nglim yumshatmaydi so'zing shirini.
E'tiborim tortar balki ko'ylaging.
Senga tashlamayman ko'zim qirini.

Bir bor aldaganing yetarli menga.
Boshqa yolg'oningga bermasman imkon.
Buni aytgan edim oldin ham senga.
O'zingga dushmandir so'nggi pushaymon.

Ergashib yuraver qayga oborar.
Vaqtinchalik husning, go'zal qomating.
Sensiz ham yonimda yonma-yon yurar.
Quvonchimu baxtim, qo'lda omadim.

Bilsang ayriliqdan juda baxtiyorman.
Bo'ladigan ishlar bo'lsin naqtida.
Dunyoda sadoqat izlab humorman.
Bevafoligingni bildim vaqtida.

Akbar Shoh.


Просмотров: 435 | Добавил: Akbar_Shoh | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: