22:13 Uylansam ham. |
Uylansam ham. Bo'yim yetib akamga ham bo'ylanibdi. Yangalarim kelin izlab o'ylanibdi. Qancha qizlar yorim etib saylanibdi. Juftim izlab go'zal vodiy aylanaman. Uylansam ham Farg'onadan uylanaman.
Ko'nglim tortar sochi uzun qizlariga. Jonlar qurbon shirin shakar so'zlariga. Ta'rif yo'qdir shahlo qaro ko'zlariga. Juftim izlab go'zal vodiy aylanaman. Uylansam ham Farg'onadan uylanaman.
El ichida doston ekan sadoqati. Yuraklarni eritarmish nazokati. Iymoni but, butun bo'lsin hidoyati. Juftim izlab go'zal vodiy aylanaman. Uylansam ham Farg'onadan uylanaman.
Qomatini yashiradi uzun atlas. Go'zalligin oshiradi uzun atlas. Kalta kiygan qizlar ko'rib kuysin, atlas. Juftim izlab go'zal vodiy aylanaman. Uylansam ham Farg'onadan uylanaman.
Parixona nomi erur azallardan. Zerikdimku yolg'on so'zi asallardan. Yorim topay vafosi zo'r go'zallardan. Juftim izlab go'zal vodiy aylanaman. Ota yurtim Farg'onadan uylanaman. Akbar Shoh.
|
|
Всего комментариев: 0 | |