Приветствую Вас, Гость
Главная » 2013 » Май » 17 » To`rtliklar.
21:46
To`rtliklar.

To`rtliklar.


 

                ***

Suyaning do`st-u hamdamga,

Ko`ngil to`lganda g`amga.

Yolg`iz otdan chang chiqmas,

Odam do`stdir odamga.

 

                ***

Yurgim kelmayapti yo`limda sinov.

Haqiqat topmadim atrofim aldov.

Xiyonatdan iborat xattoki tushim,

Kimgadir chox qazir tushimda birov.

 

                ***

Kimdir iymon izlar yana kim imkon.

Kimdir hayron izlar yana kim giryon.

Dunyoda tinmasdan yurar ekanmiz.

Bir yelkada rahmon, birida shayton.

 

                ***

Kimnidir qayg`usi kimgadir quvonch,

Kimga tuzoq bo`lgan kimgadir tayanch.

Omonat dunyoda nisbiy hammasi,

Lek yagona erur Allohga ishonch.

 

                ***

Faqat sevish uchun tug`ulganman men,

Ishq yaralgan chog`da yaralganman men.

Jabri ko`p qaroko`z parivash uchun,

Oshiqu devona deyilganman men.

 

                ***

Ishqim erur mening jami boyligim.

Men uchun yagonam yuzi oyligim.

Jafo qilar menga dardimni bilib,

Mengamas raqibga mehri soyligim.

 

                ***

Haq senga beribdi oy jamolini,

Ta`rifda tenggi yo`q hur kamolini.

Nechun menga buncha befarq qaraysan,

Qizg`onib qo`yganmi yo vijdonini.

 

 

 

 

                ***

Tushga kirar Boburning ruhi notinchi,

Yurtdan yiroq dilning bo`lmaydi tinchi.

Har komil insonga Vatan muqaddas!

Ichimda dod solar Vatan sog`inchi.

 

                ***

Bir-biringga teskari bo`lmagin ko`zdek,

Ig`volar tarqatma, hikmatli so`zdek.

Bu yorug` olamda nafas omonat,

Bir-biring qadrla birodar do`stdek.

 

                ***

Iymonni do`st qilgin yo`limda Tangrim,

Qur`onni bor qilgin qo`limda Tangrim.

Dunyoda shaytonning makridan asra,

Chirog`im bo`l o`zing dilimda Tangrim.

 

                ***

 

Men ham xohlar edim g`amsiz yashashni,

Lekin taqdir buni ko`rmadi ravo.

Har nafas soladi ko`ngilga g`ashni,

Azoblab turadi ishq degan savdo.

 

                ***

Qadrimga kuydim man ich-ichdan yig`lab,

Bevafo sevgi deb yuragim tig`lab.

Bir lahza yodimdan chiqmagan jonim,

Yarim yo`l qolganda ketdiku tashlab.

 

                ***

Men bahorni sog`ingandim,

Yog`ib berdi qor.

Sog`inib ming og`ringandim,

Kelmading bir bor.


       ***

Ko`ngil bog`im qulfladim,

«Японский» qulf bilan.

Aslo ishim yo`q endi,

O`shal qaro zulf bilan.

 

                ***

Sevar bo`lsang dil ber faqat Allohga,

Ko`ngling sirin aytma, hissiz, gumrohga.

Bu dunyo azaldan yolg`onchi ekan,

Omad yor bo`lgaydir doim ogohga.


***

Umr asli besh kunlik,

Yarmi kun, yarmi tunlik.

Ko`p siqilma o`ynab qol,

O`tib ketar bir zumlik.

 

***

Chiroqdek yonadi  dilda tuyg`ular,

Aqldan tonadi, qaysar tuyg`ular.

Ohiriga yetsang sarob bo`ladi,

Bekor uchib ketdi qancha uyqular.

                ***

Sug`urgim keladi bu yuragimni,

Tanimda yashash chun eng keragimni.

O`yin qildi sevgim pok tilagimni,

Qanday unutgim endi nokeragimni.

                         

                          ***

***

Ishonasan o`tib ketar husningga,

Nechtalar yetadi hali vaslingga,

Bevafo bo`lishlik qoningdan o`tgan.

Tortgansan nasabu, asli naslingga.

 

***

Umr yo`llarida o`z yo`lingni top,

Maqsadlaring uchun, izlan, yugur, chop.

       ***

Yolg`izim yagonam mehribonimsiz,

Voyaga yetkazgan nigohbonimsiz.

Baxtimga doimo bo`ling sog`-omon.

Munisim, mushfiqim, onajonimsiz.

                  ***

Dardimni she’r qildim, kulganlar bo`ldi.

Sevgimni yashirdim, ko`rganlar bo`ldi.

Do`stman deb oldimda kulib jilmayib,

Ortimdan xanjarlar urganlar bo`ldi.

               

                          ***


                                    Akbar Shoh.

 

 

Просмотров: 582 | Добавил: Akbar_Shoh | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: