Приветствую Вас, Гость
Главная » 2013 » Май » 17 » Tashlab ketguningcha . . .
21:57
Tashlab ketguningcha . . .

Tashlab ketguningcha . . .

Xaddingdan oshding sen, oshding xaddingdan.

Bergan va`dalaring yolg`onga to`ldirib.

Kimning ko`zi quvnar endi qaddingdan,

Tashlab ketguningcha ketgin o`ldirib.

 

Ko`nglimning bog`ini ochgandim senga,

Tashlading yolg`iz gulim so`ldirib.

Zarracha ishqing yo`q angladim menga,

Tashlab ketguningcha ketgin o`ldirib.

 

So`zingga ishongan ahmoq men o`zim,

Dilimda qalbaki gullar undirib,

Baribir sog`inar ko`zingni ko`zim.

Tashlab ketguningcha ketgin o`ldirib.

 

Lahzada ming bora uzilar jonim,

Do`zax olovida ko`ksim kuydirib.

Tanimda muzlagan oqmaydi qonim,

Tashlab ketguningcha ketgin o`ldirib.


                                             Akbar Shoh.

Просмотров: 379 | Добавил: Akbar_Shoh | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: