Главная » 2014 Декабрь 23 » Tanishuv
13:49 Tanishuv |
Aniq tanimasman o'zimni balki, Oshiq g'aribdurman balki g'animan?. Ammo urib turgan jonga qasamki, Men seni ming yildan beri taniyman! Chashming qirg'og'ida ko'rdim dunyoni, Hayot haqda bunyod ilk tasavvurim. Ilk bor tanam tuygan yurak tug'yoni, Sen ilk o'ylarimsan, sen bor shuurim. Yuzimni ilk bora silagan shamol, Titroq mujgonlaring hosilasidir. Dimog'im band etgan anvoyi ifor, Zulfing, kokillaring shokilasidin. Ilk bora ko'ngil deb bog'larga kirib, Bahor gullariga bersam e'tibor. Gullarni erkalab, gullarni sevib, Kapalakdan seni bilaman ilk bor. Tungi bedorliklar sabablarida, Sening xayolingla uchgan hushlarim. Harir tonglar otar sabohlarida, Sen haqingda xabar bergan tushlarim. Sen bugun kelmading, sen kechagimas, Sen men bilan eding azal-azaldan. Bahorning bir yillik chechagi emas, Sen qalbimda o'sgan hursan, go'zalsan. Aniq tanimasman o'zimni balki, Avliyoman balki, balki valiyman. Ammo urib turgan jonga qasamki, Men seni ming yildan beri taniyman! Dilmurod Akbarov. |
|
Всего комментариев: 0 | |