Приветствую Вас, Гость
Главная » 2013 » Май » 19 » Sevgilimga.
23:14
Sevgilimga.
Samo uzra boshin ko'tardi quyosh.
Sevmagan oftobga tikka qarolmas.
Quyosh ham uyalar berolmay bardosh.
Chunki mehring taftin u ham berolmas.

Oy suzar samoda sokin, ohista.
Dunyoga ertakday berar ajib tus.
Nurlar sochadi-yu nafis, shohista.
Husningdan uyalib, olib qochar yuz.

Bog' ichra o'zini tanho bilar gul,
Go'zallikda yolg'iz, yaktoman deydi.
Gulning go'zalligi qarshingda bir pul.
Olov yanog'ingni ko'rib pand yeydi.

Ming chaqnab o'ynaydi million yulduz.
Ko'zingdan bexabar jilva qilishar.
Ko'zlaring yulduzim hoh kech hoh kunduz.
Bechora yulduzlar qaydan bilishar.

Qalbimga pichirlab so'zladi hayot:
"-Tanla menmi yoki sevganing afzal."
Kulib javob berdim, qaytardim bot-bot:
"Sevgimsiz yashashdan yaxshiroq ajal!"
. . .

Dunyo, dunyo bo'lib, ko'rmagan hali,
Mendayin telbavor, sobit oshiqni.
Jonim bir nigohing jonim malhami,
Dunyoga tenglamam senday ma'shuqni!


Akbar Shoh.
Просмотров: 443 | Добавил: Akbar_Shoh | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 2
2 Akbar_Shoh  
0
Rahmat Zinnura. Sizning iliq munosabatingiz ijodga chorlaydi.

1 Zinnura_K  
0
Vapshe ajoyib...

" Sevgisiz yashashdan yaxshiroq ajal "

:clap:

Имя *:
Email *:
Код *: