22:34 Sevgi sevgimas! |
Sevgi sevgimas! Dardim to'lib ichimga, Qo'lga oldim qalamni. Ayta olmay hech kimga. Qog'ozga to'kdim alamni.
Qog'oz kuyib kul bo'ldi. Bu ne siru sinoat. Yuragim dardga to'ldi. Sevgim qildi hiyonat.
Osmonlarda uchgandim muhabbat sururida. Bugun dunyolarga sig'maydi tanam. Ko'zim qamashardi sevgi nurida. Bugun ko'zlarimga qorong'u olam.
Hiyonat ko'ksimni tilgan xanjardir. Qanday sevay endi bevafoimni. Sevgimga azoblar qaytardi taqdir. Vafosi yo'q ekan behayoimni.
Bo'lganimcha bo'ldim, dardim ichimda. Har lahza nafasim bo'g'zim kuydirar. Ko'zlari aylanar aqlu hushimda. Yolg'on va'dalari ming bor o'ldirar.
Endi faqat o'lim dardimga chora. Lek bevafo uchun o'lish arzimas. Dunyoga kelamiz axir bir bora. Bevafoni sevgan sevgi, sevgimas!!! Akbar Shoh.
|
|
Всего комментариев: 0 | |