Главная » 2014 Декабрь 23 » Seni olib ketaman
16:30 Seni olib ketaman |
Dardimni bilmasa qadri osmonlar, Men osmonlarini bosib ketaman. Qalbingni bosmasin shubha gumonlar, Hali seni olib qochib ketaman. Ikki ko'zing ikki dunyoim mening, Ishqing majnuniman Layloim mening. Yolg'iz haqiqatim, ro'yoim mening, Hali seni olib qochib ketaman. Jonim nimtalaydi hajring balosi, Ilinjim visoling, dardim davosi. Ming zid kelganda ham dunyo ma'nosi, Hali seni olib qochib ketaman. Hayoling olsalar goh u yon, bu yon, O'ylama joningga yetmasin ziyon. Teskari ketsa ham qiyomat, qiyom, Hali seni olib qochib ketaman. Umiding so'ndirma sev meni jonim, Xijronga ko'ndirma sev meni jonim. Armonda o'ldirma sev meni jonim, Hali seni olib qochib ketaman. Zulfing shokilasi to'lqinlarida, Suzib ishq arshiga borib yetaman. Sabr qil, shu kunlar yaqinlarida, Seni ishq shahriga olib ketaman! Dilmurod Akbarov. 24.07.2014 |
|
Всего комментариев: 11 | 1 2 » | ||||||||||
| |||||||||||
1-10 11-11 | |||||||||||