Главная » 2014 Январь 23 » Sen, sevgini izlama.
21:48 Sen, sevgini izlama. |
Sen, sevgini sevdim degan zar so'zlardan izlama. Kulib-kulib o'ynab turgan har ko'zlardan izlama. Bahor chog'i dil bog'ida mavjlanarkan ishq sayli, Bulbul o'ynab uchib-qo'ngar gul yuzlardan izlama. Sen, sevgini ertaklar-u, qo'shiqlardan izlama, Haqiqatdan tamom yiroq bo'shliqlardan izlama. Ishq ilohiy hukm erurki, bilib qo'ygin sen shuni, Dilni quvlab aql yetmas to'siqlardan izlama. Sen, sevgini boda lim-lim soqiylardan izlama, So'zlarida ma'nosi yo'q dohiylardan izlama. Oliy savob muhabbatdur, gunohkori bunda yo'q, Tili birla dili ayro osiylardan izlama. Sen, sevgini dunyo mulki g'aznasidan izlama, Betikon bir gul qidirib, g'unchasidan izlama. Mashaqqatsiz mukofot yo'q, shundayindur muhabbat, Oson yetar biron dildor g'amzasidan izlama. Sen, sevgini qulf solinmas darvozadan izlama, Bozormas-ki ishq maydoni ovozadan izlama. Dunyo kezib aylanma sen, atay sevgi axtarib, Osmonlardan toparman deb havozadan izlama. Sen, sevgini jon kuydirib kuygan jondan izlama, Ma'dan emas qazib olsang biror kondan izlama. Tushkunlikka tushma aslo, tubanlikka bo'lma xesh, O'tib ketgan yillaringdan, zor armondan izlama. Sen, sevgini vafosidan kechganlardan izlama, Kunda takror ishq ahdini ichganlardan izlama. Shundaylar bor muhabbatni o'pich bilan hisoblar, O'zga yorni bag'ri to'lib quchganlardan izlama. Sen, sevgini o'tib ketar afg'onlardan izlama, O'zligini aniq bilmas sarsonlardan izlama. Sen sevgini o'zingdan top, ich-ichingda dilda U, Taxlil etgil chun izlarsan yolg'onlardan izlama! Akbar Shoh.
|
|
Всего комментариев: 0 | |