Главная » 2013 Май 17 » Sarxisob.
22:32 Sarxisob. |
Sarxisob. Omonat umrimning bir yili o'tdi, Nelarga erishdim, neni yo'qotdim. Kimlardir qaylarda so'zlarim kutdi. Kimning yo'lin poylab uyqusiz yotdim.
Aqlim kirdimikan, ulg'aydim biroz. Bir yilda yo'limdan kimlar uchradi. Kimning shogirdlari kimgadir ustoz. Hech kimsa beminnat quchoq ochmadi.
Gohida ajratdim, goh qo'ldan kelmadi. Yaxshiyu-yomonni, oqu-qorani. Gohida ishlarim o'ngdan kelmadi. Vaqtida bermadim balki "pora"ni.
Hayotim oldinda, lekin omonat. Tongda uyg'onishim o'zimga gumon. Ertaga emasmi axir qiyomat. Savoblar qilishga ulguray shu on.
Hali ham tirikman, tanim qimirlar. Savobim ko'pmikan, yoki gunohim. Gunohim o'ylasam tanim jimirlar. Iymonim butun qil o'zing Allohim. Akbar Shoh.
|
|
Всего комментариев: 0 | |