Приветствую Вас, Гость
Главная » 2013 » Май » 12 » "Vafodor bo`l"
22:39
"Vafodor bo`l"

Vafodor bo`l . . .

Tonglar otkizardim bir seni o`ylab,

She’rlar yozgan edim senga yuz-o`nlab,

Endi ketayin men senga baxt tilab,

Sen kelin bo`lyapsan yorim qo`shnimga,

Vafodor bo`l endi jonim do`stimga.

 

Orim edi senga bo`lgan muhabbat,

Borim edi senga bo`lgan muhabbat,

Yurakka dard solar o`lgan muhabbat,

Sen kelin bo`lyapsan yorim qo`shnimga,

Vafodor bo`l endi jonim do`stimga.

 

Allohdan abadiy muhabbat tilardim,

Sendan faqatgina sadoqat so`rardim,

Sen ham sevar eding buni bilardim.

Sen kelin bo`lyapsan yorim qo`shnimga,

Vafodor bo`l endi jonim do`stimga.

 

Nomardlar juft qushning qanotin qayirdi,

Ko`rmaganman bunday xudbin, g`ayirni,

Bizni baxtimizdan otang ayirdi.

Sen kelin bo`lyapsan yorim qo`shnimga,

Vafodor bo`l endi jonim do`stimga.

 

To`ying boshlanmoqda, go`zal bog`, so`lim,

Dil qushim xech joyda topmaydi qo`nim,

Men uchun eng totli bu vaqtda O`LIM.

Sen kelin bo`lyapsan yorim qo`shnimga,

Vafodor bo`l endi jonim do`stimga.


                                                     Akbar Shoh.

 

 

Просмотров: 467 | Добавил: Akbar_Shoh | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: