Главная » 2013 Май 12 » "Sevgim mening"
22:25 "Sevgim mening" |
Sevgim mening. Meni tushunmaydi dardi yengillar, Sevgi-muhabbatda yuragi epchillar, Qurum bosib ketgan qaro ko`ngillar Dunyoda bor yo`g`im shu sevgim mening. Men uchun eng yaxshi sen sevgim mening. Xajringda necha yil yurak tilim-tilim, Ming dardga yo`liqdi bu xasta dilim. Yor seni azobing ham totli shirin. Dunyoda bor yo`g`im shu sevgim mening. Men uchun eng yaxshi sen sevgim mening. Oshig`ing ko`p jonim tanlashing qiyin. Lek ular sevgini bilishar o`yin. Eng asl oshig`ing o`zimligi tayin. Dunyoda bor yo`g`im shu sevgim mening. Men uchun eng yaxshi sen sevgim mening. Akbar Shoh. |
|
Всего комментариев: 0 | |