22:33 "O`zgani demas" |
O`zgani demas. "Unuting” deysan jonim bu oson ishday, Bu so`zing yurakka sanchilar nishday, Sensiz o`tar kunim qaxraton qishday, Zorga zor bu qalbim lek zo`rga zo`rmas, Netay ko`nglim sendan o`zgani ko`rmas. Seni bir ko`rishda sevgandim jonim, Baxtga to`ldirganding deya "sultonim” Sensiz muzlab oqar tanamda qonim, Ishqdan maqsad visol unutish emas, Netay ko`nglim sendan o`zgani demas. Sening sevging meni baxtiyor qildi, Mag`rur boshim faqat senga egildi, Nechun o`rtamizga nomardlar tiqildi, Ular ishq vafoni also o`ylamas, Netay tilim sendan o`zgani so`ylamas. Seni berarmishlar boshqa bir yorga, Mening ko`nglim ko`nmas o`zga dildorga, Undan ko`ra bu jon osilsin dorga, Mendan o`zga senga chin vafodormas, Netay sensiz tanda jonim ham jonmas, Umiding so`ndirma xali vaqtimiz bor, Dunyoda eng aziz pok ahdimiz bor, Ishq uchun rahnamo bir Tangrimiz bor, Ishqdan maqsad visol unutish emas, Netay ko`nglim sendan o`zgani demas. |
|
Всего комментариев: 0 | |