Приветствую Вас, Гость
Главная » 2013 » Май » 12 » "Jonim oladi"
22:38
"Jonim oladi"

Jonim oladi.

Sen haqingda doim o`ylayman xanuz,

Do`stlar desalar ham umidingni uz,

Seni izlar tinmay bu dard to`la yuz,

Har nafasim seni yodga soladi,

Fikring har kuni ming jonim oladi.

 

Bizning baxtimizni ko`rolmadilar,

Seni sevishimga ko`nolmadilar,

Bizning kulgumizga chidolmadilar,

Har nafasim seni yodga soladi,

Fikring har kuni ming jonim oladi.

 

Nomard sanchmoq uchun pichog`in charxlar,

Tengi yo`q sevgiga qo`yishar narxlar,

Bundaylar ko`rmagan qadim tarixlar,

Har nafasim seni yodga soladi,

Fikring har kuni ming jonim oladi.

 

Seni olib ketar boylik, pul, davlat,

Shaytoniy nafs bosgan ko`zlarda g`aflat,

Ular deb yurakda yonadi nafrat,

Har nafasim seni yodga soladi,

Fikring har kuni ming jonim oladi.

 

Sensiz yasholmayman dunyoda netay,

Yiroq-yiroqlarga bosh olib ketay,

Ey Tangrim, sabr ber qasd qilmay, chiday,

Har nafasim seni yodga soladi,

Fikring har kuni ming jonim oladi.


                                                    Akbar Shoh.


Просмотров: 430 | Добавил: Akbar_Shoh | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: