Приветствую Вас, Гость
Главная » 2013 » Май » 12 » "Iltijo"
23:01
"Iltijo"

    Iltijo.

Har bir yigit topsin halol yo`lini,

Yetsin qayga cho`zsa, erkak qo`lini,

Halollikdan topsin kiygan to`nini,

Yigitni dunyoda xor qilma Tangrim,

Mardingni nomardga zor qilma Tangrim.

 

Yuragi Vatanning ishqida yonsa,

Nomardning so`zidan yuz burib tonsa,

Chanqog`i maygamas, suv bilan qonsa,

Yigitni dunyoda xor qilma Tangrim,

Mardingni nomardga zor qilma Tangrim.

 

Nonini pok halol mehnatdan topsa,

Egniga iymondan oppoq to`n yopsa,

Izlagan xikmatin Qur’ondan topsa,

Yigitni dunyoda xor qilma Tangrim,

Mardingni nomardga zor qilma Tangrim.

 

Ma’shuqasi bo`lsin jonidan sevgan,

Boshga qilich kelsa ham bir uni degan,

Majnundek ishq uchun dunyodan kechgan,

Yigitni dunyoda xor qilma Tangrim,

Mardingni nomardga zor qilma Tangrim.

 

Nomard yo`llariga tuzoqlar qo`ysa,

Bevafo yor uchun alamdan kuysa,

Xiyonat ko`ksini pichoqsiz so`ysa,

Yigitni dunyoda xor qilma Tangrim,

Mardingni nomardga zor qilma Tangrim.


                                               Akbar Shoh.

 

Просмотров: 420 | Добавил: Akbar_Shoh | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: