Приветствую Вас, Гость
Главная » 2013 » Май » 12 » "G`amgin so'rovlar"
23:06
"G`amgin so'rovlar"

G`amgin so`rovlar.

She’rimni yozaman, yirtaman qaytib,

O`qimasin deyman uni birovlar.

Tugatolmam dardim she’rimda aytib,

Yurakda izg`irin, qalbda qirovlar.

 

Kengayib bormoqda qalb jaroxati,

Raqib adovati, g`anim qaboxati.

Odamlarni bosgan nafs kasofati,

Vujudim yemirar g`amgin so`rovlar.

 

Dunyoda beminnat mehr ko`rmadim,

Sevib ham sevilib, oydek to`lmadim.

Shuncha dard ko`rsa ham yurak o`lmadim.

Yo`limdan chiqishar ayyor "go`rkovlar”.

 

Bor bo`lsang ko`rolmaydi, yo`q bo`lsang berolmaslar,

Ig`vo bilan tug`ilgan , ig`vosiz yurolmaslar.

Iymon eshigin ochib bir qadam kirolmaslar,

Ular uchun yonadi otash do`zax olovlar.

 

Xattoki muhabbatni buyumdek sotisharlar,

Bir-biriga suykalib, orqadan otisharlar,

Azon aytilgan chog`da g`aflatda yotisharlar,

Dilda zarra ishqi yo`q shayton uchun masovlar.

 

Sovuq ko`zlar hayo pardasin yirtar,

Dillardan iymon rishtasin qirqar,

Mehr ko`tarilib dunyoni tark etar,

Nuroniy bobomdek qo`lida asolar.

 

Dunyo dardi menga og`irlik qildi,

Yo`limda g`animlar olg`irlik qildi,

Ishq bobida qalbim so`qirlik qildi,

Xar bir qadamimga bordir to`lovlar.

 

 

 

She’rimni yozaman, yirtaman qaytib,

O`qimasin deyman uni birovlar.

Tugatolmam dardim she’rimda aytib,

Yurakda izg`irin, qalbda qirovlar.


                                              Akbar Shoh.

Просмотров: 516 | Добавил: Akbar_Shoh | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: