23:24 "Esimdan chiqibdi" |
Esimdan chiqibdi. Yorim yonginangga oshiqdim yana. Vasling ohangrabo kabi chorlaydi. Ishqdan sarxush yashab yuribman mana. Qalbim osmonida chehrang porlaydi. Sog'inchdan titragan oshiq yuragim, Sen tomon intilar senga talpinar. O'zingsan dunyoda yolg'iz tilagim. Hisga mag'lub aql bir seni bilar. Telbaman, ishqingda devona o'zim. Bilmadim sevgimi, jodumi, sehr?. Jon olar go'yoki yuzingdan yuzim. Tafting zo'r, mehrsan, ilohiy mehr. Ko'zlaring ko'zimdan bir lahza ketmas. Ne bo'lsa bo'lsinu bir ko'rsam deyman. Imkon bermay dunyo ishlari bitmas. Barin yig'ishtirib uchrashsam deyman. Sevgilim sevgingga bir to'ygim keldi. Shoshildim sog'inchning xijroni yomon. Ishq kuchi betartib dunyoni yengdi. Oshiqdim uchrashuv oshiyoni tomon. Atrofda bahorning shirin ifori. Qalbim harorati tobora oshar. Qo'limda eng go'zal gullar gulzori. Oyog'im yugurmas, undanda shoshar. Talpindim batamom vujudim bilan. Ikkimiz ilk va ko'p ko'rishgan bog'ga. Ishqiy xayajondan titrardi tanam. Qalb o'xshar shamolda uchgan yaprog'ga. Sevimli majnuntol ko'rindi mana. Novdalar zulfingdek tebranar mayin. Doimgidek seni kutaman yana. Yurak takrorlaydi kelishing tayin. Kutaman sevgidan sevinchga to'lib, Eng buyuk orzuga bir qadam go'yo. To'g'risi telbaman oshig'ing bo'lib. Ishqim bilan tirik atrofim, dunyo. O'sha o'rindiqda soatlar o'tdi. Tugamadi oshiq qalbimning sabri. Bulut orasidan quyosh ham botdi. Qiynadi sog'inchning alamli jabri. Go'dakdek entikib ilhaq kutardim. Yomg'ir aytdi o'zga bog'ga yetganing. Dod dedim qon yig'lab, alam yutardim. Esimdan chiqibdi tashlab ketganing . . . Akbar Shoh. |
|
Всего комментариев: 0 | |