Главная » 2013 Май 12 » "Bedavo dard"
22:36 "Bedavo dard" |
Bir bedavo dard. Baxt izlab ishq uchun kurasholmadik, Xech qursa bemalol uchrasholmadik, Ishq bog`ida kezib o`ynasholmadik, Bevafo dunyodan siqiladi qalb, Yurakni makon qilgan bir bedavo dard. Sening sevging edi shabnam misol pok, Senga bo`lgan tuyg`um tong nuriday oq, Xazon egalladi bog`imni nogoh, Bevafo dunyodan siqiladi qalb, Yurakni makon qilgan bir bedavo dard. Ayriliq sababin xanuz izlayman, Tunu-kun tinmasdan seni o`ylayman, Balki qaytarsan deb Allohdan tilayman, Bevafo dunyodan siqiladi qalb, Yurakni makon qilgan bir bedavo dard. Akbar Shoh. |
|
Всего комментариев: 0 | |