Приветствую Вас, Гость
Главная » 2013 » Август » 21 » Qiynama.
21:04
Qiynama.
Qiynama.
Qiynama zardobga to`lgan yurakni,
Azobim dunyodan ko`payib ketdi.
Vaslingga atalgan ezgu tilakni,
Xijron quzg`unlari talashib ketdi.

Ishqing telbasiman, ishqing gadosi,
Manzilim dil aro xijroning xolos.
Hech bir orzuimning yo`qdir xatosi,
Dilda qolgan sening armoning xolos.

Rahm et oshig`ingga, vaslingga yetkaz.
So`ngra ne bo`lsa ham mayliga bo`lsin.
Shirin so`zlaring-la dardlarim ketkaz.
Oshig`ing dunyodan armonsiz o`lsin.

Akbar Shoh.

Просмотров: 372 | Добавил: Akbar_Shoh | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: