15:22 Qalbimni yashashga ko’ndir. |
Quyoshga
taft berib, zaminga mehr, Soylarni
to'ldirding tog'larda bahor. Gullarga
jon berar soniyang sehr, Tabiat
jonlanar bog'larda bahor.
Yoqimli
kuy kabi zavqin boshlaydi, Chug'ur-chug'urlari
qaldirg'ochlarning. Yosharish
xohishi borga o'xshaydi, Yoshi
yuzdan o'tgan qayrag'ochlarning.
Umid
uchqunlari yonar chechakda, Tiriklik
nafasin eltar shabboda. Yangi
hayot unar har bir kurtakda, Boychechak
bo'ylari esar havoda.
Lahzalik
yomg'iring zaminni poklab, Gulbargni
erkalab yuvib qo'yadi. Kamalak
sehrli nomini oqlab, Zangori
osmonni bir on bo'yadi. . .
. Tashrifingga
mushtoq bo'ldi ancha vaqt, Besarhad
bog'lar-u, hurviqor tog'lar. Omon
yetib keldik, shukur, katta baxt, Endi
bitajakdur izg'irin chog'lar.
Bugun
sumalakka tosh tashlay turib, Astoyidil
tiladim samimiy niyat. Bahorim
ko'nglimga e'tibor berib, Hadya
et otashin, sof bir muhabbat.
Hadya
et-ki, toki butun hayotim, Bahor
nasimidek bo'lsin musaffo. Ishqim
izg'irindan bo'lsin najotim, Umrimni
bezasin sadoqat, vafo.
Bahor
noming bizga baxt olib kelsin. Barcha
oshiqlarning ko'nglini to'ldir. Umidsiz
yurakka muhabbat bersin. Sevgi
ber! Qalbimni yashashga ko'ndir.
Akbar
Shoh (Dilmurod Akbarov) |
|
Всего комментариев: 0 | |