Приветствую Вас, Гость
Главная » 2014 » Декабрь » 23 » Qachongacha jamolingga
14:04
Qachongacha jamolingga
Qachongacha jamolingga termularman suratlarda,
Dilim tug'yon talar meni qamaldagi jur'atlarda.

So'z demoqqa yetmas ahdim, jamolingdan til boylanar,
Qalam ingrar sezib taftim, ishqim izhor dilxatlarda.

Tun ulanar tongga qayta, tong ulanar tunga qayta,
Charchamasman ishqim ayta, ziyo izlab zulmatlarda.

Yolg'on aytar goho zabon, zabon aytar goho yolg'on,
Muhabbatga bergin imkon ko'z so'ylasin suhbatlarda.

Ey, pari, hur, malaksiymo mukammalsan mutlaq raso,
Kavsaridek bo'lgin davo, baxtim topay jannatlarda.

Bog'i pinhon kapalaksan, yo bahorgi kamalaksan,
Tutqich bermas bir malaksan, talpinarman shiddatlarda.

Ko'zlaringda sevgi yonsin, dillardagi tuyg'u qonsin,
Bir sen-u men sevgi qolsin, ishq bazmi qur hilvatlarda.

Dilmurod Akbarov
28.09.2014
Просмотров: 441 | Добавил: Akbar_Shoh | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: