Приветствую Вас, Гость
Главная » 2013 » Май » 17 » Parivashga o`tinch.
22:24
Parivashga o`tinch.

Parivashga o`tinch.

Parivash o'tinay ko'chamdan o'tma.

Husning yana ojiz aqlim o'g'irlar.

Kipriklaring xanjar jonimga otma.

Rohatda yashasa kerak so'qirlar.

 

Beparvo o'tasan mag'rur farishta.

Jonim lahzada ming tandan uzilar.

Husningda hayolim, bo'lsam ne ishda.

Qaro ko'zlar qachon menga suzilar.

 

Nigohing jonimga atalgan ajal.

Ming azob bersangda qarashing rohat.

Ko'nglingni och endi oshiqqa sal-sal.

Tugablar ketmasin menda ham toqat.

 

Oh, bu latofatni bergan Allohim.

Men g'arib oshiqdan bir bor xabar ol.

Bor yog'im baxshida, savob gunohim.

Shu go'zal ko'ngliga yuragimni sol.



                                 Akbar Shoh.

 

 

Просмотров: 344 | Добавил: Akbar_Shoh | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: