Приветствую Вас, Гость
Главная » 2013 » Август » 21 » Oxirgi hisob.
21:11
Oxirgi hisob.
Unuta olaman, kelar qo'limdan.
Behayo xolini so'ramayman ham.
Mayli chiqaversin endi yo'limdan.
Bevafo yuziga qaramayman ham.

Mayli  o'ynab, kulsin, davronin sursin.
Yana kimga yolg'on va'dalar berib.
Tanlagan oshig'i yonida yursin.
Shirin yolg'onlarga yuragi erib.

Endi menga baribir, qayda kim bilan.
Umrini o'tkazar yuzsiz farishta.
Quvib yuraversin husnin ortidan.
Oxirgi hisob bor axir har ishda!

Akbar Shoh.

Просмотров: 407 | Добавил: Akbar_Shoh | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: