22:23 Ota-ona. |
Ota-ona. Mehr-vafodan yozibmanu, bevafodan yozmabman. Yaxshilikdan yozibmanu, jabr-jafodan yozmabman. Tanlab-tanlab so'z terib yozgan she’rim o'qisam, Ishq xatodan yozibmanu ota-anodan yozmabman.
Bir soatga yonidan yiroqga ketmaganman. Ota-onam qadrin balkim shu sabab sezmaganman. Oylar o`tib yil o`tib har inson ulg`ayadi. Ulg`ayarkan har kimning yurar yo`li kengayadi.
Keng yo'llarda har kimning borar manzili turli. Kimda qorong'u tuman, kimda ziyoli, nurli. Shu yo`llarda hamrohi ota-ona mehridur. Yutuqlari sababi, tarbiyasi sehridur.
To tiriksan ey, inson padaringni qadrla, Volidang ko'nglini ol, e'tiboru mehr-la. Chunki senga hayotni bergan mehribon ular. Qaddingni baland qilgan, oqil nigohbon ular. Akbar Shoh.
|
|
Всего комментариев: 0 | |