Приветствую Вас, Гость
Главная » 2013 » Май » 17 » Ota nasihati.
22:31
Ota nasihati.

Ota nasihati.

"Dunyoga endi sal jiddiyroq qara.

Davlat topmasang ham, iymonni saqla!

Dunyo deb, bolam deb qalbi ming yara."

Otam aytdi: "O'g'lim onangni asra!"

 

"Istagan istaging qo'lingga tutgan,

Salgina kechiksang jon halak kutgan,

Hayoti garovda sizlarni  tuqqan."

Otam aytdi: "O'g'lim onangni asra!"

 

"Qo'llaringdan tutib yurgizgan shudir.

Turmasding, oyoqqa turgizgan shudir.

Ko'rmagan dunyongni ko'rgizgan shudir."

Otam aytdi: "O'g'lim onangni asra!"

 

"Chiqardi ta'liming tarbiyang, savod.

Ulg'aytirdi bo'l deb komil bir avlod.

Ming bor takrorlayman aytaman bod-bod."

Otam aytdi: "O'g'lim onangni asra!"

 

"Kunlaring nurafshon aylagan oftob.

Tunlaring charog'on aylagan mohitob.

Arziydi bir umr aylasang tavof."

Otam aytdi: "O'g'lim onangni asra!"

 

"Yelib yuguradi kim deb? Sen uchun.

Uchib ulguradi kim deb? Sen uchun.

Jonin kuydiradi kim deb? Sen uchun."

Otam aytdi: "O'g'lim onangni asra!"

 

"Baxtingni o'ylagan mehriboning shu.

Tarbiyang avvali nigohboning shu.

Qadrla eng arzir qadrdoning shu."

Otam aytdi: "O'g'lim onangni asra!"

 

 

 

 

"Onadir dunyoda eng ulug' ayol.

Mayli mendan xatto so'rama ahvol."

O'zi to'shakda-yu, o'zi xastahol.

Otam aytdi: "O'g'lim onangni asra!"


                                         Akbar Shoh.

 

 

Просмотров: 486 | Добавил: Akbar_Shoh | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: