Главная » 2013 Май 17 » Ota.
22:01 Ota. |
Ota. Ota tomirimda oqqan qonimsiz. Orimu-g'ururim, baxtim, shonimsiz. Har bitta so'zingiz nasihat, hikmat. Siz kirgan xonalar, men uchun jannat.
Bolam deb, o'g'lim deb kuyib yonasiz. Men uchun har nega imkon topasiz. Bilakda kuchimsiz, suyangan tog'im. Siz borsiz javobsiz qolmas so'rog'im.
Tarbiyangiz meni chiqarar ko'kga. Bosh egma dedingiz nokas, nonko'rga. G'ururni, mardlikni o'rgandim sizdan. Boshim mag'rur borgum pok izingizdan.
Baxtimizga bo'ling doimo omon. Dunyoda bo'lmasin xech qanday armon. Siz uchun yashaydi o'g'il-qizingiz. Yo'limizda sarbon bo'ling o'zingiz. Akbar Shoh. |
|
Всего комментариев: 0 | |