Главная » 2013 Сентябрь 28 » -OSHIQ ISYONI-
22:36 -OSHIQ ISYONI- |
Men seni sevmasam sen sevarmiding? Ishqingni dilingda olarmiding tan. Men uchun qalbingga so'z berarmiding?. Gar men izhorimni aytmay yursam ham. Befarq o'tganimda yonginangda, jim. Ortingga qayrilib qarar edingmi? Hatto tanimasdan, bilmasdan ismim. Yana ko'rishlikni tilar edingmi? Men seni sevmasam sen sevarmiding? Allohdan omonlik tilab jonimga. Kunda bir ko'chamga ayt, kelarmiding? Bo'lmoq istarmiding har on yonimda?. Ishqingni dilingda olarmiding tan?. Kutarmiding meni yo'limga chiqib? Garchi men senga xech parvo qilmasam. "Borliging kifoya, baxtim" deb bilib. Men uchun qalbingga so'z berarmiding, Sendan o'zgasini sevmayman deya?. Va yo har tuningda tush ko'rarmiding? Men seni xech kimga bermayman deya. Quvonch qucharmiding baxtim eshitib? Tol'e, omadimdan berishsa xabar. Siqilar edingmi eshik berkitib, Sezsang boshim uzra uchganda xatar. Kunlar davomida yuzim ko'rmasang. Qalbing qo'zg'armidi turli xavotir?. Garchi yaqin kelib holim so'rmasang. Izlarmiding yo'llar, dillar aro dil?. . . . Ayta qol, ne emish dilingda hufyon. Shunchaki o'zingga razm sol dedim. Yetti yil jonimda shundayin tug'yon. Yetti yil-ki seni shundayin sevdim. Jim. . . Shoshilma aslo shahdu javobga. Tingla, qalbingdagi qandayin qo'shiq?! Bilib qo'y, loyiqmas ishqiy mehrobga, Kim-ki bo'lmas ekan mendayin oshiq. - Yetti yil jonimda shundayin tug'yon. Yetti yil-ki seni shundayin sevdim. Akbar Shoh. |
|
Всего комментариев: 0 | |