Главная » 2013 Май 17 » Oqibat.
22:00 Oqibat. |
Oqibat. Kimdir do`st yor uchun jonini berar, Kimlar nohaqlikka beparvo turar, Har kim o`zi uchun yugurar yelar. Odamlar orasida sarson oqibat.
Kimgadir doimo hamroh baxt-omad, Kimningdir ortidan quvar mol-davlat. Kimning usti yupun, ro`zg`ori qahat. Manzilini izlab giryon oqibat.
Qarindoshlar yurar, begona yotdek. Bir-birini surar, uloqchi otdek. Yana tanbeh berar, avliyo zotdek. Mehrsiz dillarda hayron oqibat.
Iymonni unutgan, insof begona, Mansabdan havolanar, go`yo yagona. Tanimaydi xatto do`st, ota-ona. Iymonsizlar aro uryon oqibat.
Hissiz yuraklarda muhabbat qolmagan. Erkak-u ayolda, or, iffat qolmagan. Sovuq nigohlarni nafrat qoplagan. Muhabbatsiz dilga armon oqibat. Akbar Shoh. |
|
Всего комментариев: 0 | |