Главная » 2013 Май 17 » Nigohlar to`qnashib.
22:18 Nigohlar to`qnashib. |
Nigohlar to`qnashib. Nigohlar to`qnashib qolganda bir kun, Ko`zingiz qaylarga olib qochgaysiz?. Dunyo titragandek bo`ladi bir zum, Endi avvalgidek mehr sochmaysiz.
Aytgan so`zlaringiz ko`ksimda tig`day, Qadalar siz buni xatto bilmaysiz. Alvido so`zingiz bo`g`zimda cho`g`day, Bir vafo qilmasdan bag`rim tilgaysiz.
Davosi yo`q dardga yo`liqgandayman. Ajal bo`lib keling meni o`ldiring. Yig`lab-yig`lab oxir toliqgandayman. Yolg`on sevsangiz ham kelib ko`ndiring.
Mayli, sevmang meni, men sizni sevay. Dunyodan sevgim-la o`tay hech qursa. Sizdan kecholmadim, jonimdan kechay. Yuragim siz desa, siz uchun ursa. Akbar Shoh.
|
|
Всего комментариев: 0 | |