Приветствую Вас, Гость
Главная » 2014 » Февраль » 6 » Na senda baxt, na menda quvonch.
11:41
Na senda baxt, na menda quvonch.
Na senda baxt, na menda quvonch.
Ikkimiz ham g'arib, bechora.
Na bir taskin, na dilga yupanch,
Topolmaymiz ko'ngillar pora.

O'tkazasan tunlarni bedor,
Yulduzlarga aytolmay siring.
O'tkazaman tunlarim bemor,
Kunduzlardan yashirib sirim.

Qadding egik kun sayin sening,
Tabassumni unutgan labing.
Qaddim egik kun sayin mening,
Ahvoli tang, qaltirar qalbim.

Yuragingda allanechuk his,
Sog'inch, sevgi azaliy bir dard.
Yuragimda allanechuk his,
Qiynayverar natijasiz ahd.

Qiynalasan azobing cheksiz,
Qalb so'rog'i javobsiz hanuz.
Qiynalaman azobim cheksiz,
Lek umidvor nimadandur ko'z.

Qarg'aysanu g'urur qurg'urni,
Qaroriga yo'q qarshiliging.
Qarg'aymanu g'urur qurg'urni,
Dushmanimdur bag'ritoshligim.

Sindirdikmi baxtni talashib,
Muhabbatni yetmay qadriga?.
Ilkis, xato qadam tashlashib,
Xanjar urdik sevgi bag'riga.

Bunda endi yashamoq nechun,
Qaxratonda, tun, zim-ziyoda?
Menda sen yo'q, men yo'q sen uchun.
Dil talpinar, yo'llar ayroda.

Na senda baxt, na menda quvonch.
Ko'zlagandik qayu maqsadni?
Na bir taskin, na dilga yupanch.
Uvol qildik pok muhabbatni. . .
. . .
Na senda baxt, na menda quvonch?.

Akbar Shoh.
Просмотров: 629 | Добавил: Akbar_Shoh | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: