Приветствую Вас, Гость
Главная » 2014 » Декабрь » 20 » Muhabbat taklifi
19:26
Muhabbat taklifi
Dunyoning ming dardini tashlab,
Tan bermayin g'ayur taqdirga.
-Ketdik!
Desam senga yo'l boshlab,
Ketasanmi men bilan birga?.

Har qadamda xo'b tayyorlarni,
Har toqqa juft bo'lar yorlarni,
Aslin bilib bu ayyorlarni,
Ketasanmi men bilan birga?.

Qasos olmay yov qarashlardan,
Jon talashmay joy talashlardan,
Qochib ag'yor erkalashlardan,
Ketasanmi men bilan birga?.

G'arazlardan, g'iybatdan tonib,
Muhabbat deb, sevgi deb yonib,
Faqat menga, menga ishonib,
Ketasanmi men bilan birga?.

Ko'zing yumib baxtga tashvishga,
O'ylanmasdan bahorga, qishga,
Ikkilanmay ortga qaytishga,
Ketasanmi men bilan birga?.

Shaytonsifat insonlaridan,
Savdosi ko'p osmonlaridan,
Voz kechamiz yolg'onlaridan,
Ketasanmi men bilan birga?.

Tanib qolmas ismimni ochun,
Kimga borman, yo'qman kim uchun,
Bo'lmasamda dunyoga ustun,
Ketasanmi men bilan birga?.

Ahd yonmoqda dilimda meni,
Kel tutaqol qo'limdan meni,
Baxt kutmoqda olisda seni,
Yur ketamiz!
Ishq bilan birga...
---
Dunyoning ming dardini tashlab,
Tan bermayin g'ayur taqdirga.
-Ketdik!
Desam senga yo'l boshlab,
Ketasanmi men bilan birga?.

Dilmurod Akbarov
04.12.2014 4:14
Просмотров: 620 | Добавил: Akbar_Shoh | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 1
1 Akbar_Shoh  
0
Zo'r yozganmanda

Имя *:
Email *:
Код *: