Приветствую Вас, Гость
Главная » 2013 » Май » 12 » Men borman.
22:27
Men borman.

Men borman.

Taqdir zarbalari boshigni egib

Do`stlaring pand bersa tashlab ketib

Ketging kelganida dunyodan kechib.

Bilginki yoningda doim men borman,

Sadoqat yo`lida sobutqarorman.

 

Bitta kulging meni baxtli qiladi,

Husning ko`rib yarim ko`nglim to`ladi.

Sevmagan ishq qadrin qaydan biladi.

Bilginki yoningda doim men borman,

Bitta kulging uchun har nega tayyorman.

 

Jonim g`alamislar to`sganda yo`ling,

Ko`ngli kir nopoklar ushlasa qo`ling,

Xijrondan alamlar yutganda diling,

Bilginki yoningda doim men borman,

Nomus, or, baxtingga ko`ksi qalqonman.

 

Bizlarni ayirsa beshafqat taqdir,

Ishqsiz dardsizlar ko`p dunyoda axir,

Marjondek to`kilsa ko`z yoshing bir-bir,

Bilginki bir chetda yurak bag`ri qonman,

Sen uchun ushalmas mangu armonman.


                                             Akbar Shoh.

Просмотров: 473 | Добавил: Akbar_Shoh | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: