Приветствую Вас, Гость
Главная » 2013 » Сентябрь » 23 » Kuzga o`tinch
09:12
Kuzga o`tinch
-Kuzga o'tinch-
Sovuq shamolingdan buzildi tinchim.
Quloq sol, so'zimdan burib ketma yuz.
Jonimning garovi-sendan o'tinchim,
Sen, mening sevgimni olib ketma KUZ.::

Yashnagan bog'imni hazon aylading.
Orzu, umidlarim arzon aylading.
Jonimga ming jafo azob aylading.
Sen, mening sevgimni olib ketma KUZ.

Yomg'irlar ostida gullarim qoldi.
G'unchalar gul bo'lmay so'ldi, yo'qoldi.
Vayron etding, jonim sug'urish qoldi.
Sen, mening sevgimni olib ketma KUZ.

Daraxtlarim hosil bermay cho'kishdi.
Hazon etding, yig'lab bargin to'kishdi.
Noshud bog'bonlarin qarg'ab, so'kishdi.
Sen, mening sevgimni olib ketma KUZ.

Loyqalandi tiniq, shaffof anhorim.
Xaslarga aylandi bog'im, gulzorim.
Qaytmaydimu endi go'zal bahorim?.
Sen, mening sevgimni olib ketma KUZ.

Uchurding-u to'kding, tuyg'um bokira.
Qilmading, bilmading shafqat ne, nima?!
Qalbimda qolgani bir shu xotira.
Sen, mening sevgimni olib ketma KUZ.

Bilsang hayotimning mazmuni sevgim.
Hislarimning qalbga ma'lumi sevgim.
Bir bevafo qizning mazlumi sevgim.
Sen, mening sevgimni olib ketma KUZ.

Tamom yashash uchun imkonim yulma.
Yori yo'q sevgimning ustidan kulma.
Oshiq hayotimni do'zaxga burma.
Sen, mening sevgimni olib ketma KUZ.

Sevgim, sevgim meni azobga tiqar.
Jonim ming qaytarar, ming olib ketar.
Olib ketma! menga shu azob yetar.
Sen, mening sevgimni olib ketma KUZ.

Yaxshisi sen meni daraxtga ko'chir.
Borimni barg ayla, his, qalbim o'chir.
Hazon et, qovjirat yerlarga uchir.
Lek, mening sevgimni olib ketma KUZ.
. . .
Sovuq shamolingdan buzildi tinchim.
Quloq sol, so'zimdan burib ketma yuz.
Jonimning garovi-sendan o'tinchim,
Sen, mening sevgimni olib ketma KUZ.

Akbar Shoh.
Просмотров: 423 | Добавил: Akbar_Shoh | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: