Приветствую Вас, Гость
Главная » 2013 » Май » 17 » Ko`ngil talabi.
21:56
Ko`ngil talabi.

Ko`ngil talabi.

Qalbim yarasidan to`xtamaydi qon,

Ulg`ayib bormoqda tobora armon.

Kimga ishonishni bilmay qoldimku,

Har tomonda aldov, har yonda gumon.

 

Ko`kda uchgan edim orzular bilan,

Yurakda pokiza tuyg`ular bilan.

Yolg`onga yo`liqib yiqilganimda,

Kimlar shodon o`tdi kulgular bilan.

 

Kimdandir ranjidim sabab, besabab.

Kimga kerak ko`rdim mol-dunyo, mansab.

Ko`nglimga hech narsa kerakmas faqat,

Va`dalar ijrosin qiladi talab.


                                            Akbar Shoh.

Просмотров: 636 | Добавил: Akbar_Shoh | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: